● Delivery across Uzbekistan +998931799779
Books

Ummat Onalari

199 000 sum 299 000 sum−33%

“Ayol kishi qanchalik buyuk bo‘lishi mumkinligini bilasizmi?” Bir ayol bor edi… U dunyoga insoniyatning eng ulug‘ zotini keltirgan ona bo‘ldi. Bu — Omina onamiz. Yana bir ayol b…

1
Order now
Delivery across Uzbekistan, 1–2 days
Pay in cash or by card on delivery
Quality guarantee, 10-day returns

Description

“Ayol kishi qanchalik buyuk bo‘lishi mumkinligini bilasizmi?”

Bir ayol bor edi… U dunyoga insoniyatning eng ulug‘ zotini keltirgan ona bo‘ldi. Bu — Omina onamiz.

Yana bir ayol bor edi… U zolim Fir’avnning saroyida yashadi, ammo qalbidagi iymonini hech qanday zulm sindira olmadi. Bu — Osiyo onamiz.

Bir ayol bor edi… Butun dunyo yuz o‘girgan paytda, Rasululloh ﷺga birinchilardan bo‘lib ishongan, borini u zotning yo‘liga bag‘ishlagan. Bu — Xadicha onamiz.

Yana biri… O‘zining ilmi bilan asrlar osha musulmonlarga ustoz bo‘ldi. Bu — Oisha onamiz.

Biri poklik timsoli bo‘ldi — Maryam onamiz.

Biri esa sabr, hayo va sadoqat bilan tarixda iz qoldirdi — Fotima onamiz.

Ular ham ayol edi. Ular ham ona edi. Ularning ham sinovlari, dardlari, ko‘z yoshlari bor edi…

Ammo ularning hayoti bugun ham millionlab qalblarga ibrat bo‘lib kelmoqda.

Qo‘limdagi “Ummat onalari” kitobi ana shunday buyuk ayollarning ibratli hayotlari haqida.

Biz qizlarimizga kimlarga havas qilishni o‘rgatyapmiz?

Balki ularga ana shunday ayollarni tanitish vaqti kelgandir…

You may also like

Related products

199 000 sum