● O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish +998931799779
Kitoblar

Labbay, Allohim, labbay! (Umra qo'llanmasi)

69 000 so'm 129 000 so'm−47%

🕋 “Labbay, Allohim, labbay!” — Umra safaridagi hamrohingiz Aziz birodar! Har bir amali alohida ibodat hisoblangan, sharafli va masʼuliyatli umra safaringiz muborak boʻlsin! 🌙 Siz Allohning nazari tushga…

1
Hozir buyurtma berish
O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish, 1–2 kun
Yetkazganda naqd yoki karta bilan to'lov
Sifat kafolati, 10 kun qaytarish

Tavsif

🕋 “Labbay, Allohim, labbay!” — Umra safaridagi hamrohingiz

Aziz birodar! Har bir amali alohida ibodat hisoblangan, sharafli va masʼuliyatli umra safaringiz muborak boʻlsin!

🌙 Siz Allohning nazari tushgan ikki muqaddas shahar — Makkai Mukarrama va Madinai Munavvara sari yoʻl olmoqdasiz! Shunday ekan, mazkur safarning, bu tabarruk makonning ahamiyatini anglab, bir necha kungina davom etadigan musofirlikni gʻanimat biling!

📖 Umraga otlangan har bir musulmon bu ibodat asnosida bajariladigan amallarni yaxshi bilib olishi zarur. Ushbu qoʻllanma ayni shu maqsadda tayyorlangan boʻlib, unda umra qilish tartibi, umraning odoblari hamda umra qiluvchilar saqlanishi kerak boʻlgan ishlarni sodda va tushunarli tilda bayon qilishga harakat qildik.

🤲 Safar davomida bu qoʻllanmada koʻrsatilmagan biror vaziyat yuzaga kelib qolsa, Alloh taoloning “Bilmasangiz, zikr ahlidan soʻrang” degan amriga binoan, guruh boshliqlaridan, ellikboshilardan soʻrab, bilib olishingizni tavsiya qilamiz.

✨ Qadrli dindoshim! Alloh taolo ushbu buyuk ibodatni Oʻz dargohida husni qabul aylasin, barcha duolaringizni ijobat etsin, Qiyomat kuni mazkur safaringizni faqat va faqat foydangizga hujjat qilsin!

Sizga yoqishi mumkin

O'xshash mahsulotlar

69 000 so'm